Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ba’zi hududlari elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi

Toshkentning ba’zi hududlari elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi

Foto: Xabar. uz

Toshkentning ayrim hududlari elektrsiz ta’minotidan uziladi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 28 fevral kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

- Mirobod tumani: «Fayzobod» va «Oq uy»  MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

- Uchtepa tumani: «Qoryog‘di» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

- Olmazor tumani: «Ahil», «Gulzor», «Moyariq», «Ibrohim ota» hamda «Miskin» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz, deyiladi xabarda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring