Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ikki tumanida elektr o‘chiriladi

Toshkentning ikki tumanida elektr o‘chiriladi

Toshkentning ayrim hududlari elektr energiyasisiz qoladi. Bunga ta’mirlash ishlari va kuz-qishga tayyorgarlik ishlari sabab qilib keltirilgan. 

Shu jarayonda Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Yunusobod podstansiyasigacha yangi, 110 kV bo‘lgan elektr uzatish kabel tarmog‘i yotqizildi.

2-iyul kuni Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini yelektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV bo‘lgan elektr uzatish kabel tarmog‘ini L DOK 110 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘idagi temir tayanch ustunlariga o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Bu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida, joriy yilning 2 iyul kuni Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi soat 00:00 dan 07:00 ga qadar o‘chiriladi:

- «Ibrohim ota», «Chuqursoy», «Ahil», «Moyariq», «Hasanboy», «Katta Hasanboy», «Sharq haqiqati», «Turkiston», «Yo‘lariq», «Akbarobod», «Tiklanish»,  «Astrobod»,  «Hamkorobod», «Islomobod»,  «Sobirobod», «Nurmakon» va «Mingchinor» MFYlarida va Jomiy mavzesida qisman elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring