Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshloqda 5 nafar mahkum jazodan ozodlikka chiqarildi

Toshloqda 5 nafar mahkum jazodan ozodlikka chiqarildi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani «So‘filar» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ochiq muloqot va sayyor qabul quruq ma’ruza va pand-nasihatlar bilangina o‘tmadi. Yuzdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etgan tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Farg‘ona viloyat sudi sudyasi R.Arapov hamda JIB Toshloq tuman sudi raisi A.Habibullayev aholi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish choralarini ko‘rish borasida qisqa va lo‘nda gapirdi. Mavzu yuzasidan boshqalarning mulohazalari ham tinglandi. Muayyan muammo va uning yechimlari xususida ham fikr almashildi.

Shundan so‘ng jazo muddatlarini o‘tayotgan olti nafar mahkumning murojaati ko‘rib chiqishga o‘tildi. Ularda belgilangan jazoning o‘talmagan qismidan ozod qilish so‘ralgan edi.

JIB Toshloq tuman sudi sudya yordamchisi H. Omonovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, besh nafar mahkumning ariza joyida qanotlantirib, ular o‘talmagan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi. Bir nafariga tegishli tushuntirish berilib, uning «ishi» alohida nazoratga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring