Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tropikamid», «Zardeks», «Regapen»: Toshkentda xavfli dorilarni pullayotgan sotuvchi ushlandi

«Tropikamid», «Zardeks», «Regapen»: Toshkentda xavfli dorilarni pullayotgan sotuvchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «S.» MChJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi U.X. va boshqalar xaridorga inson salomatligiga kuchli ta’sir qiluvchi 3 dona «Regapen» va 2 dona «Zardeks» nomli dori vositalarini jami 90 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan 17 dona «Tropikamid», 19 dona «Regapen», 54 dona «Selofen» va 63 dona «Zardeks» dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ekspertiza xulosasida 65 dona kapsuladagi «Zardeks» dori vositasi qalbakiligi, shuningdek ushbu dori vositalari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini o‘tkazish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring