Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm sohasidagi tadbirkorlarni subsidiya imtiyozlaridan samarali foydalanishga chorlaymiz!

Turizm sohasidagi tadbirkorlarni subsidiya imtiyozlaridan samarali foydalanishga chorlaymiz!

Prezidentning “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2024 yil 1 yanvardan boshlab turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSh dollari ekvivalentida qoplab berilishi yo‘lga qo‘yilgan. 

Mamlakatimizga xorijdan sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbusga ko‘ra, aviaqatnovlar kam bo‘lgan davlatlardan turistlar jalb qilishda faollik ko‘rsatayotgan turoperatorlar faoliyatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

 Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son-qarorining 6-ilovasi bilan “Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan bo‘lib, Shu nizom asosida turizm sohasidagi tadbirkorlarni ushbu subsidiya imtiyozidan samarali foydalanishga chaqiramiz. 

Bugungi kunda charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring