Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga keladi

Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga keladi

Qo‘qon shahriga turkiy davlatlardan nomdor fotograflar taklif etiladi va «Qo‘qon turkiy fotosuratchilar ob’yektivida» rukni ostida ko‘rgazma va yosh fotograflar uchun mahorat darslari tashkil etiladi.

Ushbu tashabbus Qo‘qon shahri «Turkiy dunyoning turizm poytaxti» maqomini olganligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarda qatnashish uchun Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston) va kuzatuvchi davlatlardan (Vengriya, Turkmaniston) ikki nafardan taniqli ijodkor yurtimizga taklif etiladi. Ushbu tadbir 2022 yil, oktyabr oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring