Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi o‘zbekistonliklardan hushyorlikni oshirish so‘raldi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklardan hushyorlikni oshirish so‘raldi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamyurtlarimizni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazilgan. Unda 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilingan.

«Shu munosabat bilan, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida hushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari, ayniqsa aeroport, temir-yo‘l vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari so‘raladi», deyiladi xabarda.

Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan o‘tish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalariga xabar berish tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring