«Tushungan odam yig‘ladi»: Prezident tarixiy voqea haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek paxtasidan boykot olinganini tarixiy voqea deya atadi va unga erishish oson bo‘lmaganini aytdi.
Davlat rahbari so‘zlari «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.
«Necha yillardan beri manfaat qilmadik. Paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» bo‘lib yurdi. Biz buning uchun qancha qiynaldik. Agar siyosiy iroda bo‘lmaganida shu narsalar bo‘larmidi? Lekin bu — kurash. Bu katta tarixiy hodisa. Kecha televizorda ko‘rsatdi, qadriga yetgan xursand bo‘lib odam yig‘ladi. Millatimizning qiymati bu. Yana bir bor aytaman, shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» bo‘lib yurdi. Shunga qaramasdan qancha ishlar qildik?»,— dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 10-mart kuni «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tgan brifingda o‘zbek paxtasiga 2009 yilda qo‘yilgan boykot bekor qilinganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter