Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucelldan navbatdagi ekoaksiya: Termizda 1070 ta daraxt ekildi (video)

Ucelldan navbatdagi ekoaksiya: Termizda 1070 ta daraxt ekildi (video)

Ucell kompaniyasi tomonidan Termizda 1070 ta daraxt, jumladan 500 tup hind nastarini, 500 tup katalpa va 70 tup bagryannik ko‘chatlari ekildi.

Ushbu mavsum daraxt ekishga juda boy bo‘ldi. 2021-yil boshidan buyon Ucell 1720 ta daraxt ekib, uchta ekoaksiyani o‘tkazishga ulgurdi.

Birinchi aksiya Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktabga o‘tkazildi. Navro‘z bayrami arafasida 170 tup nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko‘chatlari ekildi.

O‘tgan hafta Qarshida yana bir aksiya tashkil etildi va 500 ta qarag‘ay ekildi.

Termizning Islom Karimov, Istiklol, Barkamol avlod va At Termiziy ko‘chalarida Ucell dan mingta yangi ko‘chatlar ekildi.

Bobir Xasanov, «Ucell -Termiz» mintaqaviy ofis direktori:

— Bu Ucell tomonidan Termizda o‘tkazilayotgan ikkinchi ekologik aksiyadir. O‘tgan yili shahar, hozirda ildiz otgan va birinchi barglarini chiqargan, 1200 kashtan bilan boyigan.  

Asadullo Fayzullayev, Termiz shahar obodonlashtirish bo‘limi muhandisi:

— Ko‘kalamzorlashtirish masalasi O‘zbekiston xalqi uchun yangilik emas, balki madaniyatning va davlat siyosatining bir qismi. Ucell kompaniyasi kabi mas’uliyatli tashkilotlar atrof-muhitni muhofaza qilib, xayriya eko aksiyalarini tashkil etayotgani va daraxtlar ekayotganini odamni hursand qiladi. Ishonchim komilki, Ucell amaliyoti yaxshi namunaga aylanadi va fuqarolarning tabiiy resurslarni saqlash uchun javobgarligini oshiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring