Uchtepa tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Toshkent shahar, Uchtepa tumani hokimi Abdullayev Farxod Ravshanovich lavozimidan ozod etildi.
Abdullayev Farxod Ravshanovich –«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ raisi etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan «Olmaliq KMK» AJ tarkibidagi «Nodir metallar va qattiq qotishmalar» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida shu kombinat tashkil etilgan edi.
Uchtepa tumani hokimi vazifasini birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha bajarib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter