Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umra ziyoratchilari uchun yana bir yangilik e’lon qilindi

Umra ziyoratchilari uchun yana bir yangilik e’lon qilindi

Saudiya Arabistoni aviatsiya boshqarmasi «GACA» podshohlikka keluvchi yo‘lovchilar uchun «Covid-19» bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarga o‘zgartirish kiritdi.

Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Unga ko‘ra Umra-2022 mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun safardan oldin olinadigan PZR test ma’lumotini taqdim etish tartibi bekor qilindi.

Umra dasturida safar qiluvchi ziyoratchilar koronavirusga qarshi quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi talab etiladi:

  • Pfizer/BioNTech;
  • Oxford-AstraZeneca;
  • Moderna;
  • Johnson & Johnson.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring