Talaba o‘zganing bank kartasidagi 75 million so‘mdan ziyod pulni o‘g‘irlab oldi
Bank kartalaridagi pullar firib yo‘llari bilan o‘zgalar tomonidan o‘g‘irlanayotgani haqida ko‘p yozyapmiz. Biroq bu safargisi hammasidan oshib tushdi.
Termiz shahrida yashovchi M.Sh. ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, noma’lum shaxs uning bank kartasidan 75 700 000 so‘m pulni yechib olgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ushbu jinoyatni universitetning 4-bosqich talabasi M.A. (1997-y.t.) sodir etgani aniqlandi.
M.A. ushbu jinoiy rejasini bank filiallaridan birida amalyot o‘tayotgan vaqtida tuzganini aytdi. U bank tizimi orqali notanish shaxs nomidagi bank kartasini faollashtirgan va jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, bank xodimi ekanligini bildirib, SMS-xabarnomani qo‘lga kiritgan hamda kartadagi mavjud barcha pullarni noma’lum shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazib, turli bankomatlar orqali pullarni yechib olgan.
M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter