«Urganch» aeroporti 8-avgustdan yana ishga tushiriladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga «Urganch» xalqaro aeroporti 2018-yil 8-avgustdan parvozlarni bajarish uchun ochiqligini ma’lum qildi.
Aeroporti 8-avgustidan mahalliy qatnovlarni qabul qilib, shtat rejimida ishlashni boshlaydi.
«Urganch» aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 10-avgust kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Urganch» xalqaro aeroporti joriy yilning 16-iyulidan texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilgan edi. Ushbu aeroport orqali amalga oshiriladigan qatnovlar «Nukus» aeroportiga ko‘chirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter