Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali majmuasi qurilishi yakunlandi

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali majmuasi qurilishi yakunlandi

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdining ot ustida tasvirlangan haykali majmuasida qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov murojaatnoma vaqtida ma’lum qilib o‘tdi.

— Urganch shahrida transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida soatiga 3,5 ming avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega yer osti o‘tish yo‘li foydalanishga topshirildi. Jaloliddin Manguberdi haykali majmuasida ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi, — dedi hokim.

Murojaatda aytilishicha, Shovot tumanini Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani bilan bog‘lovchi uzunligi 79 km bo‘lgan Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qipchoq temir yo‘li hamda Amudaryo ustida uzunligi 413 metr bo‘lgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigida qurilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring