Urganchlik fuqaroga ichimlik suvidan 2,6 million so‘m noreal qarzdorlik yuklatildi

Urganch tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi Qorovul qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umirbek Sharipov murojaat qildi.
Fuqaroning murojaatini jamiyat raisi Sh.Abidov o‘rgangach, Tuyamo‘yin mintaqalararo suv quvirlaridan foydalanish boshqarmasining Urganch tuman bo‘limi fuqaroning xonadoniga 6,6 million so‘m noreal qarzdorlik yuklaganini aniqladi.
Shundan so‘ng Urganch tuman ma’muriy sudiga asossiz yuklatilgan qarzdorlikni olib tashlash yuzasidan da’vo arizasi kiritilib, asossiz yuklatilgan 2.6 million so‘m bekor qilindi. Iste’molchi huquqi tiklandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter