Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi.

Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat foni me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘lishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga 8-dekabrda mamlakatimiz hududlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 10-11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shuningdek bu kunlarning iqlimiy me’yoridan 6-9 darajaga past bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring