Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

Ushbu haftada harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

​Hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. 

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

​Ertaga 23 iyun kuni faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 24 iyunda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​25-26 iyun kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

​Respublika hududining katta qismida ish haftasi davomida havo harorati 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 41-44 darajagacha bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun kunduzi juda issiq bo‘ladi, cho‘l hududlarda esa bugun va ertaga 41-44 darajagacha bo‘lishi kuzatiladi. Keyinchalik havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.

​Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

​Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

​Toshkent shahrida ob-havo: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

​23 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.

​24 iyun: Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.​25-26 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 36-38 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring