Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havas qilib bo‘lmaydigan Xovos. «Uyga mehmon chaqirishga uyalamiz»

Havas qilib bo‘lmaydigan Xovos. «Uyga mehmon chaqirishga uyalamiz»

Foto: «Xabar.uz»

Tahririyatimizga joylardan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati Xovos tumani Islomobod mahalla Istiqlol ko‘chasida yashovchi fuqaro F.H. o‘zi yashaydigan hududda ichimlik suvi yo‘qligidan arz qildi.

«Men sizlarga Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan yozyapman. Mana necha yildirki, toza ichimlik suviga zormiz, suvimiz judayam sho‘r, shirin suv keladi, deb va’da berishganiga ancha bo‘ldi, lekin suvdan darak yo‘q», deb yozadi fuqaro.

Shuningdek, F.H suv sho‘rligidan uylar nam tortib, sho‘rlab ketayotgani, ta’mirlangan uy bir yilga ham qolmay devorlari qulayotgani haqida ham yozgan. Bundan tashqari, yo‘llangan ushbu maktubda uylar qurilganiga ham 50 yildan oshgani, hokimning esa hech nima bilan ishi yo‘qligi qayd etilgan.

Xovoslik fuqaro chiqindi tashlash uchun joy yo‘qligi, uylarning oldiga tashlanishi, mahalliy aholi uylarini sotib ketishga roziligi, ammo bu uylarni hech kim ham sotib olmasligini yozib yuborgan.

«Eng achinarlisi esa uyga mehmon chaqirishga ham uyalamiz, buni sizga yozishimizdan maqsad ana kamchiliklar bartaraf etilishi xohlayapmiz», deydi Xovos tumanida istiqomat qilayotgan fuqaro F.H.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ijodiy jamoasi bu mavzuga yana qaytadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring