Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyushmagan yoshlar uchun tunda maktabda diskoteka!

Uyushmagan yoshlar uchun tunda maktabda diskoteka!

Foto: Rasul Kusherbayev kanali

Andijonda ko‘zbo‘yamachilikning yangicha shakli o‘ylab topilgani haqida deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qilmoqda.

«Normal jamiyatdagi odam kechasi 22.00da o‘z uyida, oila davrasida bo‘ladi.

Lekin Andijon viloyatining qator tumanlaridan kelayotgan murojaatlarda aytilishicha, maktablarda kunduzi yetmagandek, kechasi ham o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish uchun to‘garak va boshqa tadbirlar tashkil qilish talab qilinmoqda ekan.

Masalan, kompyuter o‘yinlari o‘ynash, sport bilan shug‘ullanish, kitob o‘qish, film tomosha qilish, diskoteka va h.k.

O‘qituvchilardan maktabda ertalabdan kechgi 22.00 gacha bo‘lish talab etilmoqda.

Masalan, yuqoridagi rasmlarda Andijon tumanidagi 1-maktabda diskoteka belgilangan reja (MC Excel varianti) va Andijon shahridagi 47-maktabda kechasi hovlida sovuqda film tomosha qilayotgan «baxtiyor yoshlar» aks etgan.

Kechasi nima qilarini bilmay yurgan o‘qituvchi va yoshlar bu sharoitdan juda «baxtiyor» bo‘lishsa kerak.

Mayli jiddiy bo‘laylik: bu ko‘zbo‘yamachiliklar kimga, nima uchun kerak o‘zi, tushuntiradigan bormi?» – deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring