Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston dunyoning eng mehmondo‘st davlatlari qatoriga kirdi

O‘zbekiston dunyoning eng mehmondo‘st davlatlari qatoriga kirdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan mehmondo‘stlik reytingida 25-o‘rinni egalladi.

Reytingni tuzishda mutaxassislar quyidagi mezonlarni hisobga oldilar:

  • Fuqarosi vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar soni;
  • Fuqaro u yerga kelganida viza olishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni;
  • Fuqaro elektron viza bilan tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni.

Masalan, 139 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz rejimda tashrif buyurishlari mumkin.

Reytingga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiritilgan. Tojikiston 49, Qirg‘iziston 53 va Qozog‘iston 54-o‘rinni egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring