Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasi buziladi

Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasi buziladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarovning so‘zlariga ko‘ra, «Ezidyor» to‘yxonasi buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Ushbu obektlardagi tadbirkor o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgirmaganlar. Tuman rahbari tarbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini aytdi.

Bugun «Toshkent siti» ob’yektidagi qurilish avjida. Ayni damda O‘qchi mahallasidan yangi uyga ko‘chirilmagan 20ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz taminotidan uzib qo‘yilgan edi, ammo, suv va elektr bor.

«Odamlar arz qilishni biladi, lekin mana vaziyatni ko‘ring, qanday qilib gaz ta’minotini saqlab qolish mumkin. Aholini Yashnobod va Olmazor tumanidagi uylarga ko‘chirib kelyapmiz. Iloji boricha ana shu odamlar ko‘ngliga qarashga intilyapmiz. Lekin shunga qaramasdan ular orasida norozi bo‘layotganlari ham yo‘q emas», deydi Bahodir G‘oyibnazarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring