Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Qozog‘iston» kinoteatri buzilmoqda (Foto)

Toshkentdagi «Qozog‘iston» kinoteatri buzilmoqda (Foto)

Foto: «cinematreasures.org»

Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan va uzoq yillik tarixga ega, unutilmas xotiralarni taqdim etadigan kinoteatr tag-tugi bilan buzilmoqda. Bu haqda «UzNews.uz» xabar qilmoqda.

В Ташкенте сносят кинотеатр «Казахстан»

Ushbu kinoteatrda kecha, 7 iyul kunidan boshlab buzish ishlari olib borilmoqda.

Kinoteatrni buzish ishlarida 30 ga yaqin kishi ishlamoqda.

Bu yerda ishlayotganlarning fikriga ko‘ra, kinoteatr xavfsizlik talabiga javob bermasligi hamda ancha eskirib qolgani uchun buzilmoqda.

«Qozog‘iston» kinoteatri buzilishiga Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ruxsat berilgan bo‘lib, uning o‘rnida nima qurilishi esa hozircha oshkor qilinmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring