«Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q» – Komil Allamjonov.
Kecha Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
Ushbu xabarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov munosabat bildirdi.
«Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanadi. Bu bo‘yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q», – deb yozdi Komil Allamjonov.
Ma’lumot o‘rnida, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mazkur holatni shaxsan o‘zi nazoratga olganini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter