Vaqf xayriya jamoat fondiga rahbar tayinlandi

2018 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» imzolangan farmonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondini tashkil etish belgilangan edi.
12 may kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. Bugun Vaqf xayriya jamoat fondiga rahbar tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga o‘z manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu vazifaga Toshkent islom islom instituti «Tahfizul Qur’on» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Jaloliddin Hamroqulov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmonida tegishli idoralarga fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari sifatida tushadigan mablag‘lar «Vaqf» xayriya jamoat fondining alohida hisob raqamida to‘planishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablag‘larning tushishi va sarflanishida to‘liq shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter