Vazirga chora ko‘rishni so‘rab yuborilgan xatdan so‘ng, mas’ul xodimlar jazolandi
Oliy Majlis Senati tomonidan sog‘liqni saqlash vazirining xatti-harakatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat yuborilgani ma’lum qilingandi.
Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 24-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga yozma ravishda taklif etilganiga qaramasdan sog‘liqni saqlash vaziri unda ishtirok etmadi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonovning kengaytirilgan majlisda ishtirok etmaganligi holati o‘rganib chiqildi.
Sog‘liqni saqlash vaziriga vazirlikda ijro intizomi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda Oliy Majlis Senatining murojaatiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter