Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Mansurbek Bozorboyevich Jumaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.J.Ramatovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Izzat Rahmatullayevich Tangriyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari D.A.Qo‘chqorovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yordamchisi lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A.Xo‘jayevning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nodir Muxtorovich Do‘smatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.B.Mahkamovaning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin qizlar masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Avvalro Bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring