«Viloyat hozir o‘z elektr manbasiga ega emas» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoroda bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda energetika sohasida amalga oshiriladigan loyihalar haqida gapirib o‘tdi.
— Bugungi kunda viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalari mavjud emas.
Shuning uchun, 1,6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan, 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari barpo etiladi.
Ushbu stansiyalar yiliga 6,3 milliard kilo-vatt soat yoki viloyat ehtiyojiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, 2023 yilda Peshku va G‘ijduvonda jami quvvati 1 ming mega-vatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter