Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy viloyatlarida elektr o‘chishi rostmi? Vazirlik javob berdi

Vodiy viloyatlarida elektr o‘chishi rostmi? Vazirlik javob berdi

Foto: «Xabar.uz»

«Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i hafta davomida, tunda ta’mirga chiqarilishi rejalashtirilgan», deb xabar berdi Energetika vazirligining matbuot xizmati.

«Ushbu ishlar tunda — soat 00:00 dan 04:00 gacha (4 soat muddatda) 70 metr balandlikda olib borilishini, bunda iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilish sezilmasligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli iste’molchilar, ushbu rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yomg‘irli ob-havo bo‘lganligi sababli, 8-9 fevral kunlari amalga oshirilmaydi. 

Ta’mirlash ishlari amalga oshirilishidan avval iste’molchilar oldindan qo‘shimcha xabardor qilinadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring