Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voyaga yetmagan qiz hayotini saqlab qolgan shifokorga ish ochildimi?

Voyaga yetmagan qiz hayotini saqlab qolgan shifokorga ish ochildimi?

Foto: Xabar.uz

Angrenda voyaga yetmagan qiz hayotini saqlab qolgan shifokorga jinoyat ishi ochilmagan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi

Angren shahrida voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holat doirasida qiz hayotini saqlab qolgan shifokorga nisbatan shaxsiy ma’lumotlarni tarqatgani uchun prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

"Mazkur xabarlar mutlaqo asossiz bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz", deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, voyaga yetmagan qizni bir necha kishi zo‘rlab kelgani va u jarohatlar olgani xabar berilgan. Hozirda qiz shifoxonada davolanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring