Xalqaro media kampus – jahon blogerlari va OAV nigohi bilan O‘zbekistonga yangicha nazar
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida O‘zbekistonda tashkil etilgan mediakampus yakunlariga bag‘ishlangan “Uzbekistan Through New Ees: Creating Stories That Inspire the World” (“O‘zbekiston yangi nigohda: dunyoni ilhomlantiruvchi hikoyalar yaratish”) mediaforumi bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 18–28 noyabr kunlari tashkil etilgan mediakampusning asosiy maqsadlari: O‘zbekiston haqida yangi xalqaro vizual va matnli kontent yaratish, mamlakatning turistik imidjini global platformalarda targ‘ib etish, blogerlar va OAV bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kontent yaratuvchilarni O‘zbekiston haqidagi yangi loyihalarga ilhomlantirish va mamlakatning ijobiy xalqaro narrativini mustahkamlashdir.

Ishtirokchilar O‘zbekistonning to‘rtta asosiy turistik markaziga – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurdilar. Press-tur davomida blogerlar o‘z xalqaro auditoriyalariga taassurotlarini ulashdilar.
Mediaforum media sohasining professionallari, inflyuenserlar va ekspertlarni birlashtirib, jalb etuvchi kontent yaratish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, storitelling, madaniy va tarixiy maskanlarda foto/video suratga olish, TikTok, YouTube va Instagramdagi yangi trendlar, mamlakat imidjini shakllantirishdagi blogerlar roli, xalqaro media-loyihalar va kollaboratsiyalar imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Forum doirasida xalqaro va o‘zbek blogerlari ishtirokidagi “Creating Engaging Stories: From City Streets to Ancient Sites” va “Spotlight Talks by Bloggers. How to Make Uzbekistan Go Viral” panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi.
Mediakampus va uning doirasidagi forum O‘zbekistonni yorqin, mehmondo‘st va zamonaviy turistik yo‘nalish sifatida global miqyosda targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadamdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter