Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xarajatiga chidamasang, mashina olma!» — Alisher Qodirov

«Xarajatiga chidamasang, mashina olma!» — Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov o‘zi haqida chizilgan karikaturaga munosabat bildirish asnosida jamiyatimiz muammolariga yana bir bor to‘xtaldi.

«50 ming so‘ming bo‘lmasa, taksidan foydalanma!

Ijara sarpo bilan, qarzga botib to‘y qilma!

Xarajatiga chidamasang, mashina olma!

Atrofining e’tirofi uchun, tiyinda yig‘ib tonnada sochadigan, imkoniyatlari havaslarining oyog‘i ostida xor bo‘layotgan xalq bo‘lib qoldik.

Topganimizga mutanosib yashashni, borimizdek bo‘lishni, kimlarnidir kamchiligi yoki maqtovini emas, o‘zimizni rivojlantirish yo‘llarini izlasak, imkoniyatlarimiz, pirovardida davlatimiz imkoniyatlari kengayadi, yaxshiroq yashaymiz!

«Shopir_aka»ga yaraga tuz sepgani va ajoyib karikatura uchun rahmat!», deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov shaharlarimizda kuzatilayotgan tirbarndliklarni oldini olish uchun Xitoy va Singapur tajribasini misol qilib keltirib, «u yerda ham avtomashinani sotib olish qiyin emas, narxini o‘zi belgilab ololmaydi, chunki Jahon savdo tashkilotining talablari bor. Lekin avtomobilga xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar judayam qimmat hisoblanadi. «Parkovka» bo‘lsin yoki soliqlar joriy qilish orqali, pullik yo‘llar orqali – avtomobilni sotib olish oson, lekin undan foydalanish qimmatga aylangan. Singapurda ham xuddi shunday. U yerda ham xususiy transportdan foydalanishni qimmat qilish hisobiga tirbandlik muammosi hal qilingan», degandi.

Spiker o‘rinbosarining bu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring