Xitoy fuqarosi Namanganda 2 ming ish o‘rniga ega korxona ochmoqda

Chortoq tuman Davlat xizmatlari markazida Xitoy xalq respublikasi fuqarosi Chen Xiofang asos solgan «UFA GARMENTS» MChJ shaklidagi xorijiy korxona ro‘yhatdan o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur xorijiy korxona yengil sanoat, tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Ishbilarmonlar 2000 nafar ishchi-xodimlar tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlarni o‘zimizning ichki bozorda, qolaversa chet davlatga eksport qilishni niyat qilgan.
Shuningdek tadbirkorlar xorijiy korxona ochish xozirga kelib esa anchayin soddalashtirilgani ularning ishini tez va sifatli bitishiga sabab bo‘lganini takidlab o‘tdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter