Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda tarqalgan bezgak O‘zbekiston uchun xavflimi — rasmiy munosabat

Xitoyda tarqalgan bezgak O‘zbekiston uchun xavflimi — rasmiy munosabat

Aedes albopictus.

Foto: Wikipedia

Xitoyda tarqalgan chikungunya bezgagi O‘zbekistonga xavf solmaydi, bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasman ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bu kasallikni tarqatuvchi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus chivinlari mamlakatimiz tabiatida uchramaydi.

Qo‘mita tomonidan mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasida tizimli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabar xulosasida.

Avvalroq Xitoyda davolash imkonsiz va o‘limgacha olib boruvchi chikugunya bezgagi tarqalayotgani haqida xabar bergandik. Chivinlar tashuvchi viruslar chaqiruvchi bu bezgak bo‘g‘inlarda keskin og‘riq bilan kechuvchi og‘ir nevrologik oqibatlarga olib kelishi aytilgan.

Xitoy olimlari yuqorida tilga olingan virusni tashuvchi chivinlarga qarshi kurashish uchun ularning qurtlari (lichinkalari)ni yeydigan kannibal chivinlarni yaratishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring