Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurol egasi boshqa hudud yoki xizmat safariga uni olib ketishga haqlimi?

Qurol egasi boshqa hudud yoki xizmat safariga uni olib ketishga haqlimi?

«Qurol to‘g‘risidagi» qonuni yuzasidan matbuot anjumani va brifingda xizmat safariga yoki boshqa hududga ketganda qurol egasi qurolini o‘zi bilan olib ketishi masalasiga ham e’tibor berildi.

Agar qurol egasining doimiy yashash joyidan boshqa hududga ketishga zaruriyat paydo bo‘lsa, u borgan joyida boshqatdan ro‘yhatdan o‘tadi yoki bunda tartib qanday bo‘ladi?

Foto: Adliya vazirligi

Milliy gvardiya mas’ul xodimi Alisher Musayevning aniqlik kiritishicha, agar qurolning egasi uch oy muddatdan ortiq muddatga boshqa hududga ketsa, uning quroli maxsus davlat organlarida (ichki ishlar organlari yoki qurol saqlanishi sharoiti bo‘lgan maxsus joyda) saqlanishi lozim. Shuningdek, agar qurol egasi doimiy ro‘yxatda turgan joyidan boshqa hududga ketishiga zaruriyat paydo bo‘lsa, Milliy gvardiya organlariga xabar beriladi va Milliy gvardiya organlari qurolni o‘zlari ro‘yxatga kiritadi.

Bundan tashqari jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurish taqiqlanadi hamda 18 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini, 21 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini olish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring