Xorazm va Qoraqalpog‘istonda rekord natija qayd etildi
Kecha talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘lgan.
Xususan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani Tagan qishlog‘idagi 28-maktab, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“b” sinf bitiruvchilari 100 foizlik natija bilan talabalikka qabul qilindi.
Shuningdek, Amudaryo tumanidagi 40-maktab variativ sinfining 27 nafar bitiruvchisidan 24 nafari talabalikka qabul qilingan. Ulardan 8 nafari davlat granti, 17 nafari to‘lov shartnoma asosida o‘qishga kirgan. Bu 93 foizlik natija.
Qo‘ng‘irot tumani 2-sonli maktabdagi Texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha variativ sinfda 31 bitiruvchidan 27 nafari (87 foizi) talaba bo‘lgan.
Amudaryo tumani 56-sonli maktab Texnologiya yo‘nalishidagi variativ sinflarning 11-“v” sinf 88 foizlik, jami 94 foiz o‘quvchilar OTMga o‘qishga kirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter