Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda «Norvegiya rejasi» barbod bo‘ldi

Xorazmda «Norvegiya rejasi» barbod bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Xiva shahrida fuqarolarni Norvegiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.E. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 5 600 AQSh dollari evaziga ularni Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq 42 ming dollar evaziga AQSh vizasi olib berib, ushbu davlatga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring