Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda xususiy bandlik agentligi bilan bog‘liq firibgarlik oshkor bo‘ldi

Xorazmda xususiy bandlik agentligi bilan bog‘liq firibgarlik oshkor bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda «International Job Organization xususiy bandlik agentligi» MChJning Xorazm viloyati filiali direktori G‘.X. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Germaniya va Polsha davlatlariga ishga yuborish vaji bilan jami 193,2 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro E.T. fuqaro X.A.ni Polsha davlatiga ishga yuborish evaziga, 600 AQSh dollarini «International Job Organization xususiy bandlik agentligi» MChJning Andijon viloyati filiali binosida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, «International Job Organization xususiy bandlik agentligi» MChJning Andijon viloyati filiali menejeri E.T. va boshqalar, fuqarolarni 45 kun muddat ichida chet elga ishga jo‘natishga ishontirib, 2019-yilda 5 nafar fuqaroning 33,1 mln so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu bandlik agentligining Surxondaryo viloyati filiali vakillari ham 2019-yil davomida Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan  61 nafar fuqarolarning har biridan 45 mln. so‘mdan (jami 2,6 mlrd. so‘m) olgani ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, shu oyning o‘rtalarida «HUMAN» xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashgandi. Uchrashuvda Bosh vazir xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha prezidentga taklif kiritishlarini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring