Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekistonda filmlar olishi tartibi soddalashtirildi

Xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekistonda filmlar olishi tartibi soddalashtirildi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan «Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy Axborot» kanali xabar bermoqda.

O‘zgartirishlarga ko‘ra xorijiy kinokompaniyalar tomonidan filmni ishlab chiqarish Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga amalga oshirilgan hollarda ruxsatnoma olish talab etilmaydigan bo‘ldi.

Ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni suratga olish ishlari boshlanishidan kamida ikki oy oldin Agentlikka taqdim etish amaliyoti bekor qilindi.

Ruxsatnoma to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin bir ish kunida berilishi belgilandi. (ilgari bu muddat uch kun edi).

Ruxsatnoma berilish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish o‘n kunlik muddatdan besh kunga qisqartirildi.

Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilgan kunda ruxsatnomaning amal qilishini tiklash tizimi joriy etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring