Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar uchun 500 ta davlat granti beriladi

Xotin-qizlar uchun 500 ta davlat granti beriladi

Bugungi kunda poytaxt oliygohlarida 250 ming talaba ta’lim olmoqda. Kelgusi besh yilda bu ko‘rsatkich 2 barobarga oshadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilib o‘tdi.

Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, oliy ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • bugungi uchrashuv o‘tkazilayotgan «Yoshlar shaharchasi»ning quvvatlari kengaytiriladi va uning infratuzilmasi yangilanadi;
  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab, bir nechta oliygohlarni bog‘lagan holda, 25 ming o‘rinli kampuslar tashkil etiladi;
  • kamida 20 ta oliygoh ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
  • Milliy universitet va Texnika universitetini jahonning nufuzli reytinglariga kirishi bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi;
  • kelgusi besh yilda zarur bo‘ladigan yangi kasblar bo‘yicha, nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh tashkil etilib, amalda ishlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi;
  • magistraturada ta’lim olish uchun, Toshkent shahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uchun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi;
  • har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring