Yakkabog‘da hamqishlog‘ini pichoqlagan fuqaro qo‘lga olindi

2019-yil 4-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi I.U. uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan hamqishlog‘i L.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgani aniqlangan.
Natijada L.J. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.U. qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter