Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta o‘rtasida sovuq harorat chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»

Hafta o‘rtasida sovuq harorat chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Qozog‘istonning shimoliy hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida bugun kunduzi qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bugun kunduzi ba’zi joylarda va 15-dekabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘adi.

Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yordan 7-9 darajaga pastdir.

16-dekabrdan 18-dekabrgacha antitsiklonning sovuq periferiyasi qulab, shimoli-sharqqa chekina boshlaydi. Shu kunlarda respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasi oxiriga kelib iqlimiy me’yorlarga yaqinlashadi. 18-dekabrga kelib, sovuq kechasi 0-2 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7-10 darajagacha isiydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring