Prezident yangi qonunni imzoladi

«Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–745-son, 12.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish tartibi belgilandi.
Gidrometeorologiya xizmati ushbu faoliyatdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Gidrometeorologik axborot (atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari) ochiq va ishonchli bo‘lishi kerak.
Gidrometeorologiya xizmati davlat organlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Bunda umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborotlar Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy veb-saytiga va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter