Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tuzilgan agentlikning asosiy vazifalari ma’lum qilindi

Yangi tuzilgan agentlikning asosiy vazifalari ma’lum qilindi

Aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat bo‘lib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish.

Xususan:

- keksa yoshdagi shaxslar va qariyalar;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- kam ta’minlangan oilalar;

- zo‘ravonlikka uchragan shaxslar;

- nogiron farzandlari bo‘lgan oilalarga va ota-onasining biri nogiron bo‘lgan bolalar;

- vasiylikka olingan oilalar;

- yetim va chin yetim bolalar;

- alohida ta’lim-tarbiyaga muhtoj shaxslar ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring