Yangi yil va Rojdestvo bayramlarining farqi nimada?

Hozirgi kunda o‘zbeklar orasida yangi yilning Rimliklar ilohi YaNUS sharafiga joriy etilganligini biladiganlar juda kam. Aksincha mutlaq ko‘pchilik bu bayramni nasroniylar bayrami, deb biladilar. Sof e’tiqodli nasroniylar bu bayramni rasman nishonlamasligi, aksincha qarshi ekanligini esa bilishmaydi.
Nasroniylar nishonlaydigan bayram esa «Rojdestvo» bo‘lib, bu bayram o‘zbek tilida «mavlud kuni» deb ataladi. Unda Iso alayhissalom tug‘ilgan kun bayram qilinadi. Rojdestvo yangi taqvim bo‘yicha katoliklar va protestantlarda 25 dekabrda, Rus, Serb, Arman-grigoryan, sharqiy katolik cherkovlarida esa yulian taqvimi bo‘yicha 25 dekabr – yangi grigorian taqvimi bo‘yicha 7 yanvarda nishonlashadi.
Aslida Iso alayhissalomning mavlud kunini nishonlash ham joiz ish emas. Chunki Iso alayhissalomning o‘zi hech kimni bu ishga buyurmagan. Balki mavlud kunini nishonlash o‘sha davr nasroniylari tomonidan Rimliklarning 25 dekabrda nishonlaydigan Quyosh xudosi kunini omma ongidan forig‘ qilish uchun ta’sis etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter