Yangi yilda O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 65 foizga oshdi

O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ko‘payib bormoqda. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mamlakatga tashrif buyuruvchilar soni 65 foizga ko‘paydi, deb xabar berdi «Sputnik» nashri.
Turistlar oqimi yiliga 30 foizga o‘sdi. 2017-yilda mamlakatga 3 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan 30 foizga ko‘pdir. Ularning 2 milliondan ortig‘i bizga qo‘shni davlatlar bo‘lsa, qolgan 120 ming nafari ruslardir. Agar ushbu o‘sish davom etsa, bu yil 4 million turist tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda turist o‘rtacha 3 kun davomida sayohat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter