Yangi yilning bosh archasi o‘rnatiladigan joy o‘zgardi
Qish faslining tarovatli bayrami Yangi yil tobora yaqinlashmoqda. Yurtdoshlarimizda savol tug‘ilishi tabiiy: bu yil mamlakatimizda Yangi yilning bosh archasi qayerda o‘rnatiladi? Bu savolga «O‘zA» oydinlik kiritdi.
Ma’lumki, uzoq yillar davomida Yangi yilning asosiy archasi poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida o‘rnatilishiga ko‘nikib qolgan edik. Ammo so‘nggi ikki yilda Bosh archa «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘iga o‘rnatildi.
Bu yil esa yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramining asosiy tantanalarini yangi manzil – Mustaqillik shoh ko‘chasida, ya’ni Yoshlar ijodiyot saroyining orqa tomonidagi ochiq maydonda qarshi olishadigan bo‘ldi. Bu xabarni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi.
Bugun ertalabdan Mustaqillik shoh ko‘chasiga Yangi yil bayramining bosh archasini o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil ham yurtdoshlarimiz Yangi yil bayrami munosabati bilan 30-dekabrdan to 3-yanvarga qadar dam olishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter