Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Ataullayev Odiljon Qosimovich Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Odil Ataullayev  1980-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Andijon Davlat universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring