Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yanvarda O‘zbekiston eng ko‘p qaysi meva-sabzavotni eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Yanvarda O‘zbekiston eng ko‘p qaysi meva-sabzavotni eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «frov-nsk.ru»

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida O‘zbekiston qiymati 55,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 78,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,8 ming tonnaga oshgan.

Yanvar oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

meva va rezavorlar – 10,1 ming tonna;

quritilgan meva va rezavorlar – 3,7 ming tonna;

sabzavotlar – 45,4 ming tonna;

qalampir – 1,7 ming tonna;

pomidor – 5,7 ming tonna;

uzum – 6,6 ming tonna;

mayiz – 7,1 ming tonna;

yeryong‘oq – 1,8 ming tonna;

tarvuz-qovun – 277,6 ming tonna.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring