Yaponiyada hibsga olingan o‘zbekistonlik talaba ozod qilindi

Joriy yil 26-sentyabr kuni ta’lim olish maqsadida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakat do‘konlaridan birida 800000 iyena o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
4-oktyabr kuni uning onasi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Yoshlar ittifoqi Izboskan tuman kengashi va «Taraqqiyot» mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda Yaponiyaga tavsiyanomalar yo‘llandi.
Hodisadan xabar topgan O‘zbekistonning Yaponiyadagi konsuli Erkin Tohirov, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov va Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi talaba holidan xabar olib, voqea tafsilotlari bilan qiziqdi va muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Advokat bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarosining aybsizligini isbotlovchi kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam berdi.
2018-yil 17-oktyabr kuni o‘zbekistonlik talabaning aybini isbotlovchi dalillar yetarli emasligi sababli u javobgarlikdan ozod qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter