Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim kilogramm sof oltinni Toshkentda o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yarim kilogramm sof oltinni Toshkentda o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi, DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda tuman hududidan o‘tuvchi M-38 avtomobil yo‘lining «Yuqori nuqta» YPX maskanida «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli avtomashina yo‘lovchisi M.R.ning yonida fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shaharida o‘tkazish uchun berib yuborilgan og‘irligi 463,94 gramm bo‘lgan bahosi 368 mln so‘mlik 2 dona sof quyma oltin bo‘lagini olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas